AERODINAMIK ISISH — gaz yoki havo biror jism sirtidan katta tezlik b-n oqib oʻtganda shu jism sirtining isishi. Gaz yoki havo oqimi sekinlashgan sari uning t-rasi orta boradi va gaz (havo)ning issiqlik oʻtkazishi tufayli jism sirtining t-rasi ham ortadi. Gaz (havo) oqimi asosan zichlik keskin oʻzgaradigan chegara qatlamda sekinlashadi. Harakatning sekinlashishi natijasida havoning eng yuqori isish t-rasi havoning dastlabki t-rasiga ham bogʻliq boʻladi. Jismning ichki qatlamlariga issiqlik tarqalmasa, isish t-rasi ancha yuqori boʻladi. Jismning eng yuqori bosim taʼsir» etadigan va eng isiydigan qismi uning odd tomonidir. Shu sababdan havo (gaz)da katta tezlik bilan harakat qiluvchi jismning old tomoni tez yemiriladi. Jismning ayrim qismlarini havoda qizishdan saqlash uchun issiqqa chidamli materiallar, termoizolyatsiya, ichki va tashqi sovitkichlar ishlatiladi va shu maqsadda havoda harakatlanishning eng yaxshi varianti tanlanadi. Jismning tezligi juda kattalashganda gaz (havo)ning nur chiqarib sovishi, zarba toʻlqinidan isishi eʼtiborga olinadi. Bunday hollar ballistik va qitʼalararo raketalar, sunʼiy yoʻldoshlar va kosmik apparatlariing atmosfera qatlamiga kirishida sodir boʻladi. Mas, kosmik apparat atmosfera qatlamiga 8,1 km/sek tezlikda kirganda t-ra 8000° ga yetadi. Shuning uchun ularning sirtini maxsus himoya qilish tadbirlari koʻrilishi lozim. Yer yuzidan taxm. 100 km cha yuqorida Aerodinamik isish kam; balandlik 200 km dan ortgach, Aerodinamik isishni eʼtiborga olmasa ham boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые