AEROBLAR

AEROBLAR, aerob organizmlar — erkin kislorod boʻlgan muhitda yashaydigan va rivojlanadigan organizmlar. Aeroblar kislorodlan oksidlovchi sifatida foydalanadi. Aeroblarga barcha oʻsimliklar, koʻpchilik hayvonlar, zamburugʻlar kiradi. Hayvonlarning kislorodsiz muhitda hayot kechirishi ikkilamchi xususiyatga ega. Aeroblar biologik oksidlanishni hujayra nafas olish sistemasi orqali amalga oshiradi. Oksidlanish jarayonida kislorod toʻla kaytarilmasdan zaxarli mahsulotlar hosil boʻlishi tufayli Aeroblar bu mahsulotlarni parchalaydigan fermentlar (ka-talaza, superoksidsismutgaza)ga ega. Anaerob orgaiizmlarda bunday fermentlar boʻlmasligi tufayli O2 ular uchun zaharli taʼsir etadi. Nafas olish zanjiri ayniqsa bakteriyalarda xilma-xil boʻlib, sitoxromoksidaza bilan birga boshqa terminal oksidazalar ham ishtirok etadi. Aeroblar orasida fotosintez qiluvchi sianobak-terlar, suv oʻtlari, yuksak oʻsimliklar asosiy ahamiyatga ega. Bu organizmlar faoliyati tufayli ajralib chiqadigan O2 boshqa xdmma Aeroblarning rivojlanishini taʼminlaydi (yana q. Anaeroblar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x