ADIROVICH Emmanuil Ilich (1915, Melitopol, Ukraina — 1973, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1962). Moskva davlat un-tini tugatgan (1940). Moskva neft in-tida (194449), P. N. Lebedev nomidagi Fizika inti (Moskva)da (1949 — 1962) ishlagan. Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-tida boʻlim mudiri (1962—1973). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasiga oid. Adirovich kristallar lyuminessensiyasining zonaviy nazariyasi asoschilaridan biri, qattiq jismlarda elektr jarayonlari kinetikasiga doir masalalarni hal qilishning kvazistatsionar usuli tashabbuskori, fotoelektretlarda elektron qutblanish va kutbeizlanish qonunini kashf etdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые