ADIGEYLAR

ADIGEYLAR (adige) — xalq, RFning Adigeya Respublikasida yashovchi tub aholi (95 ming kishi). Adigeylar Krasnodar oʻlkasining Lazareve va Tuapse tumanlarida yashaydi. Umumiy soni RFda 123 ming kishi (1992). Turkiyada ham yashaydi (5 ming kishi). Adigeylar yevropeoidlar irqiga mansub. Adigey tiyaiaya soʻzlashadi. Diniy eʼtiqodiga koʻra musulmon-sunniylar. Adigeylar ilgari novdalardan chetansimon toʻqilib loy bilan suvalgan uy (saklya)larda yashaganlar. Kiyimlari kabardin kiyimlariga oʻxshash. Adigeylar oʻz adabiyotiga ega. Adigeylar dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik b-n shugʻullanadi, sanoat korxonalarida ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x