DO`STLARGA ULASHING:
💊Adenit forte — eritma tayyorlash uchun liofillangan poroshok.
#Adenit forte ampula
#Аденит форте ампула
💊Dori shakli : 👇
ineksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofillangan poroshok.
💊Tarkibi 👇
Kokarboksilaza , vitamin B 12 , nikotinamid , ATF
💊Ta’siriga ko’ra 👇
Modda almashinuvini normallashtiradi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Diabetik neyropatiyada qabul qilish buyuriladi ( endokrinolog shifokor maslahati bilan ).
— B 12 vitamini yetishmovchiligi anemiyasida qabul qilinadi.
— Nevralgiyada ( nerv og’rigida )
— Yurak ishemik kasalliklarida
— Aterosklerozda va qon tomir kasalliklarida
— Miokardit kasalligida ( yurak muskul qavatining yalliglanishida)
— Mialgiyada ( mushaklar og’rig’ida, bel qismi mushaklari og’riganda
— Bo’g’imlar og’rigida qabul qilinadi
— Organizmda qon aylanishi buzilganda qo’llaniladi
— Organizmda vitamin B 12 yetishmovchiligida
💊QO’LLASH DOZASI 👇
Flakon ichidagi liofillangan kukunni 2 ml 0,5 % li lidokainda eritiladi va mushak orasiga jo»natiladi.
Kunlik doza 1 flakon buyuriladi.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Teri toshmalari kuzatilishi mumkin.
— Qo’llarda , yuzda va boshqa shishlar kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
— O’tkazilgan miokard infarktidan keyingi holatda
— O’tkazilgan insultdan keyin qabul qilish mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
▶️Homiladorlik davrida shifokordan so’rab qo’llang ( esda saqlang ).
▶️Qandli diabetda ham kasallik tipiga va holatiga qarab endokrinolog qabul qilish dozasini belgilaydi.
✅Faqat mushak orasiga yuboriladi. 😊
❌Vena ichiga yuborish va osma ichiga qo’shish mumkin emas.😡
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Turkiya