ADELAIDA — Avstraliya Ittifoqining jan. dagi shahar. Jan. Avstraliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 1,1 mln. kishi (1991). Torrens daryosi kesib oʻtadigan qurgʻoqchil sertepa joyda. 1836-y. da bunyod etilgan. Adelaida — mamlakatning eng yirik sanoat markazi va portlaridan biri. 2-jahon urushigacha Adelaidada asosan oziq-ovqat sanoati (un tortish, meva konservalash, vino sanoati), toʻqimachilik, tikuvchilik va poyabzal sanoati rivojlangan edi. Mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika sanoatining yirik markazi. Kime, neftni qayta ishlash va kemasozlik, quvur-prokati korxonalari, un-t, rasadxona (1874), agrar in-t (1924), konservatoriya, badiiy va tabiat tarixi muzeylari, suratlar galereyasi bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые