Tarjimai hol
Adashev, Rajab Xalimovich — o‘zbek kino va teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1997).
1944 yil 15 iyul Samarqand viloyatining Urgut tumanida tavallud topgan.
Maktabni bitirgach, Rajab Adashev qurilish tashkilotlarida ishlaydi va bo‘sh vaqtlarida Urgut xalq teatrida rollar ijro etadi. 1964 yili u “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyoriga aylangan, 1970 yili esa Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va san’at institutining aktyorlik fakultetini tamomlaydi. O‘zining aktyorlik faoliyati davomida 60 dan ziyod filmlarda suratga tushgan.
Mukofotlari:
• Eng yaxshi erkak roli “Abdullajon, yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” (1993)
• O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1997).
Filmografiya: “Natasha xonim” (1965), “G‘or sirlari” (1966), “Quyosh bilan ortga qayt” (1971), “Qo‘rquvsiz” (1971), “Semurg‘” (1972), “Xorazm afsonasi” (1978), ”Shaxsiy qo‘riqchi” (1979), “Alibobo va 40 qaroqchi” (1979), “Cho‘loq darvesh” (1986), “Abdullajon, yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” (1991), “Kichkina tabib” (2000), “Alpomish” (2000), “Boyvochcha” (2007), “Yangi boy” (2008), “Dil payvandi” (2008), “Amakivachchalar” (2008), “Shatranj mamlakatidagi sarguzashtlar” (2008), “Qaldirg‘ochlar yana qaytadi” (2009), “Uylanish” (2009), “Chempionlik orzusi” (2009) va boshqalar.