ADAN QOʻLTIGʻI — Arabiston dengizidagi qoʻltiq. Arabiston ya. o. bilan Somali ya. o. oraligida joylashgan. Uz. qariyb 900 km. eni 300 km gacha. Chuq. 3680 m gacha. Bob-ul-Mandab boʻgʻozi orqali Qizil dengiz bilan tutashgan. Suv koʻtarilishi nomuntazam yarim sutkalik (bal. 2,9 m gacha). Suv intensiv nur taratib turadi. Asosiy porti — Adan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые