Tarjimai hol
Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiy at Tamimiy as-Samarqandiy — hadis bilag‘oni, imom, hofiz, shayx ul-islom. Bonu Dorim ibn Malik avlodidan bo‘lganligi sababli shunday nisbuga ega bo‘lgan.
To‘liq ismi: Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahman ibn al-Fadl ibn Bahrom Bonulik Dorim ibn Malik ibn Xanzala ibn Zayd Manat ibn Tamim.
Ad-Dorimiy 797 yil Samarqand shahrida dunyoga kelgan, Xuroson, Sham, Iroq, Misr, Xijoz va boshqa ko‘plab musulmonlik maktablarida tahsil olgan. Yuzlab musulmon olimlaridan dars olgan va an-Nadr ibn Shamiy, Vahba ibn Jarira, Abu Nuayma al-Isfaxaniy va boshqalarning hadislarini yetkazgan.
O‘zining chuqur bilimi sababli ad-Dorimiy butun mumsulmon olamida mashhur bo‘lgan va o‘sha vaqtlarning ko‘plab taniqli ulamolari undan dars olishgan, jumladan, Muslim ibn al-Xajaj, Abu Isoot-Termiziy, Abu Dovud, al-Bazzor, Abu Zura ar-Roziy, Abu Xatim ar-Roziy, Ahmad ibn Xanbal, Iso ibn Umar ibn al-Abbos as-Samarqandiy va boshqa ko‘plab musulmon ummalarining buyuk ulamolari.
Imom Dorimiy Marv shahrida 896 hijriy sana, Zulhijja oyining sakkizinchi kuni yetmush yoshni qarshi olib, vafot etgan. Arafa — Juma kunida dafn qilingan.
Asarlari ro‘yxati
• “Tafsir al-Qur’an ul-Karim”
• “Sunan ad-Dorimiy” (“Musnad ad-Dorimiy”)