ABULVAFO Muhammad ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Ismoil ibn al-Abbos al-Buzjoniy (940.10.6, Xuroson – 998.1.7, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 997, Bagʻdod) — falakiyotchi, riyoziyotchi olim. Falakiyot, xandasa, hisobga oid risolalar yaratgan va bu sohalarda yangi ilmiy masalalarni ilgari surgan. Xususan, arab tilidagi matematik adabiyotlarda birinchi boʻlib aylana radiusini 1 ga teng deb oldi, turli murakkab geometrik masalalarni hal qilishga urindi. Boshlangʻich trigonometriyaning izchil bayonini berdi. A. Ptolemeyning «Almagest» (al-Majistiy) asarini yangi materiallar asosida qaytadan ishlab chiqdi, sfera uchun sin lar teoremasini isbotladi, Gʻ2 dan oralatib sin jadvalini tuzdi. Bagʻdod rasadxonasida turli astronomik jadvallar tuzish yuzasidan ilmiy ish olib bordi, Oy va Quyoshning burchak diametrlarini, Oy harakatini oʻrganishga oid muhim tadqiqotlar oʻtkazdi. Yunon olimlari (shu jumladan Abulvafo Diofant) asarlarini arab tiliga tarjima qilgan va ilmiy sharhdagan. Abulvafo asarlari Sharq mat. va astronomiya ilmi taraq-qiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые