ABULFAYZXON (1695-1747) — Buxoro xoni (1711—47), ashtarxoniylardan. Subhonqulixonnnng oʻgli. Abulfayzxon davrida oʻzaro nizolar kuchaygan, mamlakat chuqur iqtisodiy-siyosiy tanazzulga yuz tutgan. Nodirshoh qoʻshinlarining Movarounnahrga qilgan yurishlari (1747) natijasida Abulfayzxon taxtdan agʻdarilib, qatl etilgan. Fitrat A. haqida «Abulfayzxon» dramasini yaratgan (1924).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые