ABU SUFYON (567-652) — ilk islom davridagi yirik savdogar va Makka qurayshiylarining zodagoni. Makkada Muhammad(sav)ga va uning diniy targʻibotiga qarshi kurashib, uni taʼqib qilgan. Keyinchalik Madina davlati kuchaya boshlagach, oʻz xonadoni vakillarining islom davlatida taʼsirli oʻrin egallashini taʼminlash maqsadida Muhammad(sav) bilan yarashgan. 630-y. da Makkani Muhammad(sav) boshchiligidagi musulmonlarga jangsiz topshirgan. Xalifa Usmon davrida Abu Sufyonning oʻgʻli Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik, Ali vafotidan keyin (661), xalifalik hokimiyatini qoʻlga olgan Muoviya umaviylar sulolasiga asos solgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые