ABU SIMBAL — Nil daryosi gʻarbiy sohilidagi joy (Misr). Qoyatoshga oʻrnatilgan 2 qad. Misr ibodatxonasi (mil. av. 13 – a. 1 – yarmi) bor. Haykallar, boʻrtma suratlar saqlangan. Bosh ibodatxonaning old tomonida Ramses 11 ning oʻtirgan holdagi 4 ta ulkan xaykali mavjud (1967-y. Asvon toʻgʻoni qurilayotgan paytda daryoning eski oʻzani yonidagi qoyaga koʻchirilgan).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые