Abu Rayhon Beruniy nomidagi Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi


Post Views:
2 135

Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi 1953 yilda 1-sonli shahar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Kutubxona binosi sobiq viloyat pionerlar saroyida joylashgan edi.

Dastlab kutubxona fondi 15 ming nusxadan iborat bo‘lgan. 1970 yilda viloyat bolalar kutubxonasi Pushkin nomidagi viloyat universal ilmiy kutubxonasining oldingi joylashgan binosiga ko‘chirilgan va shu yili kutubxonaga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan.

Kutubxona Kitob saqlash, Adabiyotlarga ishlov berish va to‘kislash, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Nafosat, Ma’lumot-bibliografiya, Ilmiy-metodik bo‘limlaridan iborat. Kutubxona viloyatdagi bolalar uylari va maktab-internatlariga kutubxona xizmatini ko‘rsatish uchun ularni otaliqqa olgan. Kutubxonada o‘zbek va rus tillarini o‘rganish bo‘yicha kurslar tashkil etilgan.

Hozirgi kunda kutubxona fondida 153 ming nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanmoqda.

Kutubxona viloyatdagi 38 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 703005, Samarqand shahri, Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi, 62-uy

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/abu-rayhon-beruniy-nomidagi-samarqand-viloyat-bolalar-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x