ABU HAYYON ANDALUSIY Asiruddin Muhammad ibn Yusuf ibn Ali al-Gʻarnotiy (1256—1334) — tilshunos olim. 65 ta asar yozgan, ularning 10 dan koʻprogʻi bizgacha yetib kelgan. «Kitob ulmubayyin fi tarix il-Andalus» («Andalusiya tarixi haqida bayon qiluvchi kitob»), «Zahr ul-mulk fi taharrurit turk» («Turk ozodligi chechagi»), «Kitob ul-idrok li lison il-atrok» («Turkiy tillarni bilish kitobi»), «Kitob ul-afʼol fi lisonit turk» («Turk tilidagi feʼllar kitobi»), Mantiq ul-furs li lison il-furs» («Fors tilini bilmaydiganlar uchun fors tili haqida soʻzlar»), «Hyp ul-gʻabash fi lison il-habash» («Habash tilidagi qorongʻuliklarni yorituvchi nur»), «Ad-durrat ul-muziʼa fi lugʻatit turkiya» («Turkiy til haqida nur beruvchi marvarid») kabi asarlari mavjud. U asarlarida turkiy tillarning grammatikasi va leksikasi, oʻsha davrda mavjud boʻlgan koʻpgina turkiy lahja va shevalar haqida maʼlumot bergan. Uning asarlari turkiy tillar tarixini oʻrganishda qimmatli manbadir.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые