ABU BAKR SIDDIQ

ABU BAKR SIDDIQ (toʻliq nomi – Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; 571 — 634) — Muhammad (sav) daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Muhammad (sav)ning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (Oyshaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad(sav) qoʻygan. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlagan. Muhammad paygʻambar(sav) unga Siddiq, yaʼni imoni kuchli deb laqab berdi. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad (sav)ga hamroh, gʻorda hamnishin boʻldi. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va b. joylardagi janglarda ishtirok etdi. Abu Bakr Siddiq obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qildi, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdi. Muhammad(sav) vafotidan keyin birinchi xalifa boʻlib saylandi (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirdi. Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildi. A. B. S. Madinada vafot etdi va Muhammad (sav) yoniga dafn qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x