ABRI BAHOR

ABRI BAHOR (fors – bulut) — kitobat sanʼatida qoʻlyozma kitob sahifalarini bezash sanʼati; shuningdek shu usulda yaratilgan tasvir. Maxsus idishdagi daraxt yelimining suvdagi eritmasiga yelim va boshqalar bilan aralashtirib tayyorlangan turli rangdagi boʻyoklar moʻyqalam yordamida navbati bilan (toʻq rangdan och rangga qarab) so-iladi. Maxsus taroq vositasida turli rasm (tasvir)lar hosil qilib taralgan yelim yuzasidagi boʻyoqlar ustiga sur qogʻoz yopiladi; bir necha daqiqadan soʻng u ohista olinib, qogʻozdagi suyuqlik oqib tushishi uchun bir uchidan osib qoʻyiladi, keyin soya joyda quritiladi. Abri bahorning egri-bugri chiziqli mavhum gullaridan tashqari mujassamotga ustalar turli handasiy shakllar, oʻsimliksimon mavzular, hatto sheʼriy parchalar ham kiritishgan. Abri bahor gullari biri ikkinchisini takrorlamagan. Faqat mohir ustalargina aynan bir naqshni bir necha marta takroran yaratishga erishgan. Ustalar tomonidan tilla zarralar bilan ishlangan Abri bahor qogʻozi ham tayyorlangan. Qoʻlyozma kitoblarni bu usulda bezatish Hirot kitobat sanʼatida taraqqiy etdi, 16 — 17-a. larda keng tarqaldi. Tabriz, Qazvin, Isfahon va b. da shu usulda bezatib tayyorlangan qoʻlyozmalar uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x