Abituriyentlar uchun apellyatsiya berish tartibi

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar, mandat e’lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.

Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov xabar berdi.
«Apellyatsiya shikoyatini my.dtm.uz sayti orqali berishlari mumkin. Hozircha bu funksiya yo‘q u saytda.
Apellyatsiyada o‘zingiz ishlagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi va apellyatsion karta Sizga beriladi.
Test topshiriqlari kitobini ko‘rib chiqib, agarda e’tirozingiz bo‘lsa ekspertga uchrashasiz.
Ekspertga Siz o‘z e’tirozlaringizni tushuntirib berishingiz kerak bo‘ladi.
E’tirozlar o‘rinli deb topilsa Sizga shu savol uchun ball qo‘shiladi.
Agarda e’tiroz o‘rinli deb topilmasa, ekspert Sizga bu to‘g‘risida tushuntirish berishi kerak bo‘ladi.
Test sinovlariga kelmagan va chetlashtirilganlar apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi».

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x