Tarjimai hol
Abilay xan Kansher (Qonxo‘r) (XVII asr) — qudratli qozoq xonlaridan biri, Toshkent podshosi, Baroq xon avlodlaridan (7-avlodi). Urganchda tavallud topgan.
Qo‘shni xalqlarga shafqatsiz yurishlari bilan mashhur bo‘lgan. Uning yurishlari o‘zining alohida bir yovuzligi bilan qo‘shni xalqlarda qo‘rquv uyg‘otgan. O‘ta vahshiyligi uchun u Kanshar nomini olgan edi. Bu qozoqchadan Qonxo‘r ma’nosini anglatadi.
Xalq rivoyat qilishicha, jallodlikni o‘zi bajargan ekan.
Uning o‘g‘li Ko‘rkem Uli sulton bo‘lgan, nevarasi taniqli qozoq xoni Abilay xon bo‘lib, uning ismi dodasining sharafiga qo‘yilgan.