ABDURAZZOQ SAMARQANDIY, toʻliq ismi Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Isʼhoq Samarqandiy (1413.7.11 – 1482, Hirot) — mashhur sayyoh, elchi va tarixchi. Tafsir, hadis, tarix, til va adabiyot fanlarini puxta egallagan. Hayotining koʻp davri Samarqandda oʻtgani uchun Samarqandiy nisbasini olgan. Abdurazzoq Samarqandiy arab tili grammatikasiga bagʻishlangan «Risolai Azudiya»ga sharh yozadi. Shohrux saroyida diplomatik yozishmalarni olib borishda qatnashadi, elchilar boshligʻi sifatida 1442—44 y. larda Hindiston jan. dagi Kalikut, Xinovar, Mangalur, Bilur, Bokanur va Vijayanagar rojaligiga borib keladi. 1446—47 y. larda Shohrux uni diplomatik topshiriq bilan Gilonga joʻnatadi. U hayotining keyingi davrlarida Abulqosim Bobur saroyida xizmat qildi. Boboʻrning Mozandaronga (1453), soʻngra Samarqandga (1454) qilgan yurishlarida qatnashdi. 1463-y. Abu Said mirzo A. S. ni Hirotdagi Shohruxiya xonaqosiga shayx etib tayinlaydi. Abdurazzoq Samarqandiy
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые