Tarjimai hol
Mavlono Nuriddin Ayudurahmon ibn Jomiyning hayoti, deyarli butun XV asrni o’z ichiga o’olgan. Buyuk tojik-fors shoirining ijodi u yashab o’tgan davr hayoti, adabiyoti, falsafasi hamda madaniyatining eng zid o’oqimlarini qamrab o’olgan eng yorqin ifodasi hisoblanadi.
1469 yil Movaraunnaxr Abusaidning farzandlariga, Xuroson esa Umarshayxning avlodiga o’tishi arafasida Temuriylar imperiyasi batamom parchalanib ketdi. Bu davr mobaynida Xurosonning eng katta hukmdori Hirotda qariyb qirq yil hukmronlik qilgan va nisbatan mustahkam hokimiyatni o’rnatgan Sulton-Husayn (1469-1506) edi. Umuman olganda, Sulton Husayn hamda Sulton Ahmadlarning (1469-1494 y.y. markaz bilan Samarqanddan boshqargan) temuriylar davlati siyosiy tuzum nuqtai nazardan, temuriylar oila azolariga tegishli alohida hokimiyatlarga ega feodal monarxiya hukmronligidagi birlashuv deb qaralgan.
V.V.Bartoldning yozishicha, “Temur va temuriylar davri O’rta osiyo uchun eng buyuk tashqi yog’du davri bo’lgan”. Amir Temurning yorqin poytaxti — ajoyib me’moriy binolar qad rostlagan, dunyoning eng yirik va eng boy shaharlaridan biri bo’lgan Samarqandni yodga solishning o’zi kifoya. Shahar Temurning nabirasi Ulug’bek davrida chinakam ilm markaziga aylangan. Ulug’bekning xiyonotkorona o’limi Samarqandning ilmiy faoliyati zaifligiga olib keldi.
Ulug’bekning o’limidan so’ng madaniy jihatdan Hirotning ahamiyati orta boshladi. Shaharning martabasi, ayniqsa, Sulton Husayn hukmronligi davrida yuksak bo’lgan. Unga, shuningdek, Kaspiy orti viloyati va Xorazm qarashli bo’lgan. Hirot ikki yirik savdo nuqtalarida joylashgan bo’lib, u yerga mahalliy ishlab chiqarish mollari bilan bir qatorda, Xitoy, Hindiston, Movaraunnaxr, Eron, G’arbiy Ovrupa hamda Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar yetkazilgan.
Shahar qurilishi, turli hunarmandchilik jabhalari, savdo-sotiq va boshqa sohalar yuksalishi bilan birga Hirotda madaniyat taraqqiy etganligini she’riyat, miniatyura, kalligrafiya, musiqa, raqs va san’atning boshqa turlari orqadi ko’rish mumkin. Aytish joizki, shaharning hunarmadlar qatlami bunda alohida o’rin tutgan. Shunday qilib, Sulton Husaynning poytaxt shahri davrning mashhur aqliy faoliyat markaziga aylangan.
Shubhasiz, Sulton Husayn davridagi Hirot madaniyati faqat o’sha davrning ijod samarasi emas, balki Somoniylar va boshqa davrlarga oid madaniy sintezni ham o’zida mujassam etgandir. U o’z ichiga ko’plab musulmon Sharq mintaqalarini — Xuroson, Movaraunnaxr va Xorazmning madaniy yutuqlarini qamrab olgan.
Bu davrdagi adabiyot va san’at rivojiga salmoqli ta’sir ko’rsatgan yana bir jihat o’sha davrdagi ikki mashhur shaxsning do’stligi bo’lgan, ya’ni, tojik shoiri va olimi Abdurahmon Jomiy va uning o’quvchisi, do’sti hamda homiysi o’zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy.
Jomiy va Navoiylarning tanishuvi, ehtimol Navoiyning Hirotga ko’chishi bilan bog’liq (1469). Do’stlik tez orada chuqur sadoqatga aylanib, ularni bir umrga bog’ladi. Bu ikki atoqli shaxsning qalin munosabatlari ularning ijodiy hamfikrliligiga, shuningdek, dunyoqarashi, adabiyot va san’atga bo’lgan nazari, hamda davlat va hayot bilan bog’liq masalalar umumiyligiga olib keldi.
Jomiy va Navoiyning atrofida shoirlar, olimlar, tarixshunoslar, rassomlar, xattotlar, me’morlar to’plangan. Jomiy va Navoiy she’riyat, nasr, musiqa, tasviriy san’at kabi madaniy hayot masalalari muhokama qilinadigan yirik uchrashuvlar, adabiy bahs-munozaralarning tashabbuskorlari va tashkilotchilari bo’lishgan.
1468 yil hokimiyat tepasiga Husayn Boyqaro keladi, uning vaziri etib Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad Jomiyning shogirdi va homiysiga aylanib ulgurgan Alisher Navoiy tayinlanadi. Sulton saroyi adabiy kuchlarni tortuvchi markaz bo’lib, Jomiyning saroyga yaqinlashuvi uning tarjimai holida juda samarali o’rin egalladi.
Jomiyning Hirot va Samarqand madrasalarida olgan bilimi saroy xizmati nuqtai nazardan uning uchun yaxshi istiqbol bo’la oldi, biroq o’sha davrlarda Jomiy “naqshbandiya” ordenining so’fiylik mafkurasi bilan qiziqib qoladi va faol yaxshilik qilish da’vatlari unda katta taassurot qoldirdi. Ordenga oddiy a’zo sifatida qo’shilib, Jomiy 1456 yil Hirotning orden boshlig’i lavozimini egallaydi. O’z o’rnida Hirot mamlakatning haqiqiy poytaxti hisoblanib, musulmonlar Sharqiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Jomiyning erta ijodi — bu “Oltin zanjir” (1472) dostonining birinchi qismi bo’lib, unda naqshbandiylik, so’fiylar haqidagi tasavvurlar nasrda hikoya qilinadi, dunyoviy xarakterdagi asarlar — metrik va qofiya haqida risola, she’riy shakldagi jumboq (XV asrda juda mashhur bo’lgan juda qiyin va maroqli san’at turi bo’lgan) tuzish bo’yicha “yo’riqnoma” ham mavjud. Aynan ushba davrda shoirning ijodiy uslubining o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lgan: barcha an’anaviy she’riy shakllar uning she’riyatida o’z aksini topgan.
1474 yildan uning adabiyotshunos sifatida ijodining eng gullagan pallasi boshlanadi. Bunga 1475 yil yozilgan “Sirlar dengizi” va “Ruh yog’dusi” diniy-falsafiy qasidalari ibtido bo’lib, ularda ijodkor Ibn Sinoning aql-idrokka asoslangan nuqtai-nazariga qarama-qarshilikni qizil chizgilarda ifodalagan. 1476-1478 yillar oralig’ida u “Muqaddas dargohdan do’stlik shamoli” nomli to’plamini tuzgan bo’lib, undan so’fiylik avliyolarning tarjimai holi o’rin o’olgan.
1480-1487 yillar Jomiyning qalamiga mansub “Yetti toj” deb nomlangan dostonlar majmui birin-ketin yoziladi. U o’z ichiga boshqa dostonlar qatorida “Salomon va Absol”, “Yusuf va Zulayho” hamda “Layli va Majnun”ni ham olgan — ularning sevgi negiziga shoir so’fiylar ta’limotini poydevor qilgan, ze’ro, unga ko’ra, chinakam, ilohiy sevgiga erishish uchun shahvoniy maylni yengib o’tish zarur. 1481-1482 yillar yozilgan “Olijanoblarga tortiq” dostoni pand-nasihat, oshkoralik xarakteridagi 20 ta masaldan iborat. Ushbu majmuadan, shuningdek, “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483) dostoni, “Oltin zanjir” dostonining 2 hamda 3-qismlari, “Iskandarning donolik kitobi” (1486-1487) ham o’rin o’olgan.
Jomiy ijodiy merosining so’nggi yillari “Bahoriston” (1487) dostoni, uchta lirik devon (1479-1491) va “Musiqa hamda risola” bilan boyitilgan. Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad Jomiy ijodining insonparvarlik yo’nalishi, ijodkorning yuqori odob va ahloqiy g’oyalarni targ’ib qilishi keyinchalik nafaqat Forsda, balki boshqa islomiy davlatlarda ham adabiyot yanada rivojlanishiga yo’l ochdi. Jomiyning ijodiga fors tilida yozilgan mumtoz she’riyat yakun yasadi, deb hisoblanadi.
Shoir 1492 yil 7 noyabrda Hirotda vafot etgan.
XV asrning ikkinchi yarmida adabiyot rivojlanishi natijasida bir qator tarixga oid asarlar (tazkir) va o’zbek hamda tojik adabiyoti nazariyalari yuzaga kelgan. Jomiy bir qator adabiyotga oid risolalar yozgan, jumladan, “Qofiya risolasi”, Qamaliddin Husayniy – “Jumboq risolasi”, Sayfi Buxoriy – “Vazn” (“Amruz”) va boshqalar. She’riy saylanmalaridan Jomiyning “Bahoriston” (“Bahor bog’i”), va Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat-ush-shuaro” (“Shoirlar saylanmasi”) asarlari. Alisher Naoviyning ushbu yo’nalishdagi shaxsiy mehnati samarasi natijasi o’rnida o’zbek tilida yozilgan tazkirasi bo’lmish “Majolis un-nafois” (Asarlar to’plami) va muhim nazariy-tarixiy masalalar yoritilgan boshqa asarlarni aytish mumkin.
Hirot madaniyati markazi arboblari, shuningdek, yirik ijrochi-ustalar ham bo’lishgan. Chunonchi, musiqachi Xoja Abdulla Marvarid, Qulmuhammad Udiy, Shayh Naiy, Husayn Udiylar shular jumlasidan bo’lib, Boburning fikriga ko’ra, raqqos Saad Badr, bastakor G’ulom Shodiy, Mirg’ozi va boshqalar “bekning (Navoiy) yordami va madadi bilan mashhur shon-shuhrat va muvaffaqiyat qozonishgan”. Sanatning ushbu sohalarining amaliy rivojlanishi musiqiy madaniyatning yutuqlarini nazariy umumlashtirilishiga olib keldi (Jomiyning “Musiqa haqida risolasi”).
Shu vaqtning o’zida Shohrux tomonidan tashkil etilgan kutubxona ham o’z faoliyatini davom ettirgan. Unda mahoratli nusha ko’chiruvchilar, xattotlar va muqovalovchilar faoliyat yurgizib, jamoaviy tartibda Firdavsiyning “Shohnoma”si ro’yxatini, shuningdek, Nizomiy Ganjaviy, Navoyi, Jomiy va Saadiy asarlarini badiiy bezatish bilan shug’ullanishgan.
Xattotlar va miniatyurachi rassomlar orasida eng mashhurlikka erishganlar sirasida “xattotlar shohi” Sulton Ali erishgan; “Sharq Rafaeli” Kamoliddin Behzod esa miniatyura san’atida yangi yo’nalishni yaratgan; Xoja Muhammad, Shoh Muzaffar va boshqalarni aytish mumkin.
Hirot madaniyati doirasi yaratilishida ilm-fanning turli yo’nalishlaridagi mehnatlar samarasi zamin bo’ldi: Jomiyning “Arab grammatikasi haqida risola”si o’zida mashhur arab tilshunosi Ibn-al-Xojibning (Kofiya) asarlariga bo’lgan sharhni kasb etadi; Jaloliddin Davvoniyning “Jalol ahloqi”; Husayn Vaiza Koshifiyning “Muhsin ahloqi”. Husayn Vaiz tomonidan, shuningdek, “Kalila va Dimna” asari “Kanopus nurlari” (Anvar va Suhayli) nomi ostida tuzatilgan. Hirot madaniyati doirasida yuzaga kelgan barcha ishlarni birma-bir sanab o’tmay, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning moddiy va ma’naviy ko’magi ostida umumiy ellik yettita tarixiy va ilmiy-amaliy asarlar yaratilganligini aytib o’tish maqsadga muvofiq.
Abdurahmon Jomiy o’z davrining buyuk insonparvari bo’lib, hunarmand, dehqon, san’at namoyondasi kabi oddiy insonlarning muhabbatini himoyachi, ustoz va chinakam do’st o’rnida qozona olgan. U hayotligidayoq zamondoshlari va temuriylar avlodi vakillari orasida tanilgan. Uning “Sulton Husayn hukmronligi davridagi shoirlarning yo’l boshchilik va rahbarlik” (Bobur) obro’si shu qadar buyuk ediki, O’rta Osiyo, Xuroson, Eron, Kavkaz orti, Turkiya va Hindistonda ham mashhur bo’lib, hatto o’z davrining eng yirik shaxsi, eng buyuk shoiri va ustozi, nuroniysi va murabbiysi deb hisoblangan. Biroq, shunga qaramay, buyuk shoir o’ziga va yashash tarziga nisbatan juda talabchan, kundalik yashash tarzi ziroatchi va hunarmandlarniki kabi juda odmi bo’lgan. Shoirning zamondoshlari asarlarida Jomiyning hayoti, qahramonliklari bilan bog’liq ko’plab o’ziga xos hikoyalar bor. Ularning mazmunidan shoir o’ta sodda, odmi, dono bo’lganligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Abdurahmon Jomiy hayotligida omma e’tirofini qozongan, jamiyat, ilm-fan, falsafa, san’at, shoirona so’zlash mahoratida baobro’ inson bo’lgan. Bularning barchasiga buyuk Jomiy nomini asrlarga muhrlab qo’ygan uning umuminsoniy shoirona merosi sabab bo’lgan bo’lib, mahorati qarshisida nafaqat Sharqning ma’rifatparvar donolari, balki sharqiy davlatlarning mag’rur hukmdorlari ham bosh eggan.
Fors she’riyatidagi eng samarali mualliflardan biri Mavlono Abdurahmon Jomiy o’zidan so’ng buyuk she’riy meros qoldirdi. U «Xaft avrang» (“Yetti taxt”) nomli romantik va so’fiy-falsafiy dostonlar to’plamini yaratdi. An’anaviy g’azallar, ruboiy, she’riy bandlardan iborat uchta devon yaratgan, devonlar ijodkorning hayoti bosqichlariga ko’ra ajratilgan va Alisher Navoiyning taklifiga ko’ra uchta devon Amir Husrav Dehlaviyning namunasiga ko’ra nomlangan — “Yoshlikning birinchi qismi”, “Shoda orasidagi o’rtacha marjon”, “Hayot xotimasi”. Jomiyning eng yirik shoirona asari “Xaft avrang” (“Yetti taxt”) hisoblanadi. U doston majmualaridan iborat yetti qismdan iborat:
1. “Olijanoblarga tortiq” (1481-1482);
2. “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483);
3. “Yusuf va Zulayho” (1485);
4. “Layli va Majnun” (1485 yil yakunlangan);
5. “Iskandarning donishmandlik kitobi” (1485);
6. “Oltin zanjir” (uning uchinchi qismi muallif hayotining har xil davrlaridan tashkil topgan);
7. “Solomon va Absal” (1480-1481).
Abdurahmon Jomiy ijodiy merosi durdonasi (nafaqat ushbu doston va XV asr she’riyatini, balki butun tojik-fors adabiyotini butunlay) sirasiga “Solomon va Absal” dostoni kiritilsa mubolag’a bo’lmaydi. Mazkur doston, mana besh asrki, she’riyat shinavandalari, romantik rivoyatlarning havaskorlari va hikmatli she’riyatning nozik ihlosmandlari diqqat markazidan chetlashmagan. U chuqur she’riy shakldagi qadimiy syujetga ega ilk muhim badiiy asargina bo’lib qolmay, shoirning yetuk davridagi adabiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini o’z ichiga olgan doston hamdir.
Jomiyning “Solomoy va Absal” asari o’tgan yuz yillikda g’arbiy Ovrupada ham juda mashhur bo’lgan: 1856 yil doston mashhur shoir, Umar Xayyom to’rtliklarini tarjima qilgan mashhur tarjimon Fitsdjerald (1809-1883) tomonidan ingliz tiliga she’riy qofiyada tarjima qilingan. “Solomon va Absal” fransuz tiliga doston ko’rinishida Avgust Brikte tomonidan tarjima qilingan va 1927 yil Parij shahrida nashrdan chiqqan.
Jomiyning “Solomon va Absal” dostoni rus tiliga ilk bor sovet sharqshunosi Konstantin Chaykin tomonidan tarjima qilingan va 1935 yil III Xalqaro Eron san’ati va arxeologiyasi kongressiga bosib chiqarilgan.