ABDULMOʻMINXON

ABDULMOʻMINXON (7-1599) — Shayboniylardan. Abdullaxon II ning oʻgʻli. Balx va Badaxshon hokimi (1582 — 98). Buxoroxoni (1598-1599). 1589-y. dan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni safaviylardan qaytarib olgach, uni oʻz oʻgʻli qolib, Qulbobo Koʻkaldoshga inʼom qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari — Qulbobo Koʻkaldosh, Dinmuhammad sulton va b. ga yozma farmon joʻnatib, Abdulmoʻminxonga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yoʻq qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qoʻllab-quvvatlab, uni Abdulmoʻminxonga qarshi urushga undaydi. Bundan dargʻazab boʻlgan. Abdulmoʻminxon 1597-y. kuzida otasiga qarshi bosh koʻtarib, Balx va Badaxshon qoʻshini bilan Amudaryo boʻyiga kelgan. Abdullaxon II ning qoʻshini Nasaf (Qarshi) atro-fida joylashgan. Abdullaxonga koʻmakka viloyat hokimlari, maye: Axsi va Andijon hokimi Oʻzbek sulton oʻz qoʻshinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan ota-bola oʻrtasidagi nizoga barham berilgan. Abdulmoʻminxon otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Eron safaviylari bilan Xuroson uchun kurashni davom ettirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x