Tarjimai hol
Munavvara Abdullayeva 1950 yilda Marg‘ilon viloyatida tavallud topgan.
1968-1971 yillarda Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumida tahsil olgan.
1971 yilda Toshkent Davlat San’at institutining «Teatr va kino aktyorligi” bo‘limiga o‘qishga kirib, 1975 yil muvaffaqiyatli tamomlagan.
Institutni bitirganidan so‘ng, u tahsil olgan kursni yo‘llanma bilan Sirdaryodagi Olim Xo‘jayev nomli teatrga yuborilib, u yerda bir yil ishlagach, Toshkentga qaytgan. 1976-78 yillarda Moskvaga borib, Moskva Davlat Teatr san’ati institutida pedagogika bo‘yicha aspiranturada o‘qigan.
Shuni barobarida teatrlarda, rejissuradan ham amaliyot o‘tagan. O‘sha davrdagi san’at darg‘alaridan Oleg Tabakovni kursiga, Vladimir Andreyevni kursiga, Andrey Goncharovni teatriga borib, dars olgan. 1978 yildan O‘zbekiston Davlat San’at Institutining «Drama va kino san’ati” fakulteti, «Drama va kino san’ati” kafedrasining dotsenti. Teatr rejissyori.
1989 yildan buyon O‘zbek Milliy Akademik drama teatri sahnasida «Chimildiq”, «Andishali kelinchak”, «Bevalar”, «Dadajon demayman” kabi turli mashhur spektakllarni sahnalashtirgan.
2000 yildan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi”. Kinoda esa «Kichkina tabib”, «Makrli dunyo” kabi bir qator filmlarda rollar ijro etgan.