ABDULLAYEV Vohid Abdullayevich (1912.15.5 – Samarqand – 1985.30.7) — adabiyotshunos. Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Filol. fanlari d-ri (1959), prof. (1960). 1932-y. Fargʻona pedagogika in-tini bitirgan. Abdullayev 1935 — 43 y. larsa Buxoro va Samarqand pedagogika in-tlarining, 1944 — 69 ylarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand un-ti oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963-y. dan shu un-t rektori. 1930-y. dan sheʼrlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan. «Samarqand sayli» (1970) sheʼriy kitobi nashr etilgan. «Navoiy Samarqandda» (1948), «Nishotiy va uning «Husni Dil» dostoni», «Xoksor va uning «Muntaxab ul-lugʻot» kitobi» (1955), «Nishotiy va Xoksor» (1960), «Oʻzbek adabiyoti tarixi» (1964), «Saylanma» (1982) kabi kitoblari oʻzbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bagʻishlangan. Abdullayevning oliy oʻquv yurtlari uchun «Oʻzbek adabiyoti tarixi» darsligida 17 — 19-a. lardagi oʻzbek adabiyoti tarixi tadqik etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые