ABDULLAYEV Samigʻ Fayzullovich (1917.25.10 – Toshkent – 1998.10.5) – rassom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975). Toshkent badiiy bilim yurti (1933 — 38) va Toshkent sanʼat in-ti (1954 — 60)da taʼlim olgan. 2-jahon urushi katnashchisi. Taman va Kerch ya. o. larida koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944). Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1945 — 55), Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi direktori (1956 — 88). Abdullayev ijodi rang-barang va sermazmun, asarlarida tabiat, inson goʻzalligi, ayniqsa zamondoshlari, urush qahramonlari, mehnatkash xalq oʻz aksini topgan. Portretlar («Avtoportret», 1945; «Rezida», 1954; «General-leytenant F. Norxoʻjayev», 1977; «B. Boboyev», 1985 va b.), manzaralar («Kolxoz manzarasi», 1953; «Chirchiq vodiysida», 1977; «Bahor», «Dengiz boʻyida», 1979), natyurmortlar («Gullar», 1966; «Toshkent mevalari», 1981; «Natyurmort», 1985 va b.) yaratgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые