Tarjimai hol
Jonrid Abdullaxonov asarlarida o‘tgan asrning 70-80-yillaridagi mustabid tuzumning so‘nggi ko‘rinishlari-yu, uning chirkin illatlari ro‘yi rost ko‘rsatib beribgina qolmay, istiqlol uchun jon berib, jon olib kurashgan vatanparvar o‘g‘il-qizlarning yorqin, qahramonona ko‘rinishlarini umumlashtirgan. Adabiyotimizga 50-yillarda bir guruh iste’dodli yosh ijodkorlar kirib kelgan. Ular orasida Jonrid Abdullaxonov ham bo‘lib, u 1929 yili Namanganda, oddiy mehnatkash oilasida dunyoga kelgan.
Tarjimai hol
Beshafqat urush uning murg‘ak taqdiriga ham o‘z changalini solgan. Avvaliga onasi Shahribonu hamshira sifatida frontga ketib, yil o‘tmay, undan qoraxat kelgan. Ko‘p o‘tmay otasi Muhiddin Abdullaxonov jangga ketib, qaytmagan.
Bor-yo‘g‘i 14 yoshga kirgan Jonrid taqdir so‘qmoqlaridan o‘tib, Namangandan Toshkentga piyoda yo‘l oldi. Safar taassurotlari, odamlar bilan uchrashuv oz bo‘lsa ham uning dardiga malham bo‘ldi.
Beshafqat urush uning murg‘ak taqdiriga ham o‘z changalini solgan. Avvaliga onasi Shahribonu hamshira sifatida frontga ketib, yil o‘tmay, undan qoraxat kelgan. Ko‘p o‘tmay otasi Muhiddin Abdullaxonov jangga ketib, qaytmagan.
Bor-yo‘g‘i 14 yoshga kirgan Jonrid taqdir so‘qmoqlaridan o‘tib, Namangandan Toshkentga piyoda yo‘l oldi. Safar taassurotlari, odamlar bilan uchrashuv oz bo‘lsa ham uning dardiga malham bo‘ldi.
Jonrid Stalingrad atrofida 1942 yil oktyabr oyida nom nishonsiz yo‘qolib qoladi. Faqatgina 2008 yilda Polshanining Qizil Xoj jamiyati tomonidan u haqidagi aniq ma’lumotlarni oshkor etiladi.U nemislarga tegishli sovet askarlarini asrda saqlash «Benyaminuv» lagerida 1943 yilning mart oyida vafot etgani hamda Varshava yaqinidagi Byalobjegi qishlog‘iga dafn etilgani to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlangan.
Onasi — Abdullaxanova Shaxribanu o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. U 1943 yili vafot etgan.
U birinchi she’rlarini o‘n ikki yoshida Namangan shahridagi «Lenin bolalari» («Deti Lenina») hamda «Udarnik» gazetalarida chop qilgan.
U 14 yoshida otasining nom nishonsiz yo‘qolganini va onasining vafotini eshitib, Toshkent shahriga bosh olib ketadi. O‘zbek Respublikasi radio kanalida “Pioner ertaligi” nomli dasturda suxandonlik qiladi.
Jonrid Abdullaxonov avval O‘rta Osiyo davlat universitetining «Jurnalistika» fakultetini, so‘ng Moskvadagi «Oliy adabiyot» kursini tugatdi. Bir tomondan, Oydin, Said Ahmad, Hamid G‘ulom, Hakim Nazir, Turob To‘la, ikkinchi tomondan, Konstantin Paustovskiy, Stepan Zlobin kabi adiblar unga ustozlik qildilar. Radio va televideniyedagi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi ijodiy muhit uning yozuvchi bo‘lib shakllanishida maktab vazifasini bajardi.
Yozuvchi Jonrid Abdullaxonov hamon ijodiy izlanishda, hamon yangi-yangi niyatlar bilan yashamoqda.
Jonrid Abdullaxonov shu tarzda adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga kirib keldi. Ko‘p o‘tmay uning «Maktabdoshlarim» (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar» (1956), «To‘yga kelinglar» (1960), «Tong yorishgan sohilda» (1962) kabi hikoyalar to‘plamlari nashr etildi. Ularning deyarli hammasida yoshlarning, tengdoshlarining hayoti, muhabbati, tashvish va intilishlari o‘z ifodasini topdi. Uning «Gulchehra» (1962) qissasi yo‘l haqida, qurilish-bunyodkorlik haqida edi. Adibning birinchi yirik epik asari — «Yo‘l» (1964) romani ham xuddi shu haqda hikoya qiladi. Shundan so‘ng muallifning ketma-ket «Borsa-kelmas» (1-2 kitob, 1978-1980), «Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabi romanlari chop etiladi.
«To‘fon» ishchilar sinfi hayotidan hikoya qilsa, «Borsa-kelmas» romanida Orol muammosi, ona tabiat muhofazasi masalalari o‘z ifodasini topgan. «Suiqasd» romanida esa mehnatkashlarning haqqiga xiyonat qilgan, jamiyatni ma’naviy-iqtisodiy inqirozga olib kelgan yulg‘ich, poraxo‘r va ko‘zbo‘yamachilarning aft-basharasi fosh etilgan.
Xuddi shunday holat adibning «Tergov» (2000) romanining ham mag‘ziga singdirib yuborilgan. Roman sarguzasht xarakterida bo‘lsa-da, real tarixiy haqiqat ko‘rsatib beriladi. Yozuvchi asarda bu davr illatlarini fosh etibgina qolmay, istiqlol uchun jon berib, jon olib kurashgan vatanparvar o‘g‘il-qizlarining yorqin, qahramonona ko‘rinishlarini umumlashtiriladi. Adibning «Oh, o‘sha ko‘zlar» (2002) to‘plamida so‘nggi yillarda yaratgan hikoyalari va xotiralari o‘rin olgan.
1954 yilda u o‘qishni tugatadi. Keyin uzoq yillar mobaynida O‘zbek radio va televideniyesida adabiyot bo‘limida bosh muharrir, O‘zbekiston “Yozuvchilar uyushmasi” a’zosi, O‘zbek SSR madaniyat vazirligi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
1976 yildan 1982 yilga qadar O‘zbek SSSR Adabiyot fondi direktori (Litfond SSSR).
1956 yildan 1991 yilga qadar SSSR “Yozuvchilar uyushmasi” a’zosi
1960 yilda A.M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida oliy adabiyot kursini tamomlagan.
1964 yilda SSSR tarixida birinchi marta uning qalamiga mansub “Azizaxon”(rej. M.Muxamedov) ssenariysii asosida telefilm suratga olinib, film markaziy telekanallarda efirga uzatilgan, keyinchalik Leningrad va Kiyev telekanallarida ham efirga ketgan.
“Uragan“ (“Dovul”) romani uchun u VSSPStanlov uyushmasi laureativa SSSR “Yozuvchilar uyushmasi”ning eng yaxshi proletariat asari uchun taqdirlangan.
U shuningdek «Olovkalblar» («Ognennыe serdsa») eng yaxshi dramatik asari Respublika tanlovi laureati hisoblanadi.
Mehnat shuhrati ordeni bilan ham taqdirlangan.
Oilali, Ikki o‘g‘il, to‘rt nabirali. Toshkent shahrida istiqomat qiladi.
Djonrid Abdullaxonov shu tarzda adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga kirib keldi. Ko‘p o‘tmay uning «Maktabdoshlarim» (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar» (1956), «To‘yga kelinglar» (1960), «Tong yorishgan sohilda» (1962) kabi hikoyalar to‘plamlari nashr etildi. Ularning deyarli hammasida yoshlarning, tengdoshlarining hayoti, muhabbati, tashvish va intilishlari o‘zi fodasini topdi. Uning «Gulchehra» (1962) qissasi yo‘l haqida, qurilish-bunyodkorlik haqida edi. Adibning birinchi yirik epika sari — «Yo‘l» (1964) romani ham xuddi shu haqda hikoya qiladi. Shundan so‘ng muallifning ketma-ket «Borsa-kelmas» (1-2 kitob, 1978-1980), «Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabiromanlari chop etiladi.
«To‘fon» ishchilar sinfi hayotidan hikoya qilsa, «Borsa-kelmas» romanida Orol muammosi, ona tabiat muhofazasi masalalari o‘zi fodasini topgan. «Suiqasd» romanida esa mehnatkashlarning haqqiga hiyonat qilgan, jamiyatni ma’naviy-iqtisodiy inqirozga olib kelgan yulg‘ich, pora xo‘rvak o‘z bo‘yamachilarning aft-basharasifosh etilgan.
Xuddi shunday holatadibning «Tergov» (2000) romanining ham mag‘ziga singdirib yuborilgan. Roman sarguzasht xarakterida bo‘lsa-da, real tarixiy haqiqat ko‘rsatib beriladi. Yozuvchi asarda bu davrillatlarini fosh etib gina qolmay, istiqlol uchun jon berib, jon olib kurashgan vatanparvar o‘g‘il-qizlarining yorqin, qahramon ona ko‘rinishlarini umumlashtiriladi. Adibning «Oh, o‘sha ko‘zlar» (2002) to‘plamida so‘nggi yillarda yaratgan hikoyalari va xotiralari o‘rin olgan.
60 yillarda «Trud» gazetasida chop etilgan «Drug li nam Djayxun» maqolasida orol dengiziga quyiluvchi suvlardan samarali foydalanilmasa, dengiz borgan sari sathi tushib ketishi va qurib borishi haqida aytilgan hamda o‘sha yillarda orol dengizining suvga mo‘l bo‘lganligi ta’kidlangan. Ushbu maqola o‘sha davrlarda faoliyat yuritgan O‘zbekistondagi partiyani ham chuqur xavotirga solgan. Keyinchalik Djonrid Abdullaxanov o‘ziing «Barsa Kelmes» romanida yuqoridagi mavzuga yana qaytgan.
Bibliografiya
• “Yo‘l” Romani – Toshkent, San’at adabiyoti nashriyoti, 1964y.
• “Doroga”(“Yo‘l”) romani, M.Mirzamuxammedov tarjimasi – Toshkent, G‘afur G‘o‘lom nashriyoti, 1967y.
• “Mohidil” romani — «Shark Yulduzi» («Zvezda Vostoka») jurnalining uchta sonida bosilgan, 1967 y.
• «To‘fon» romani — Toshkent, G‘afur G‘o‘lom nashriyoti, 1968y.
• “Uragan“ (“Dovul”) romani, Yu.Smirnov tarjimasi – Moskva, Profizdat, 1975 y.
• «Borsa-Kelmas»(“Uxodya, ne vozvraщaysya”) roman-trilogiyasi, Toshkent, G‘afur G‘o‘lom nashriyoti, 1978y.(1984 qayta nashr etilgan)
• «Borsa-Kelmes» roman-trilogiyasi, B.Reskov tarjimasi – Moskva, Sovetskiy pisatel (“Yozuvchilar uyushmasi”), 1981 y.
• «Xonadon»(“Dom”)romani — Toshkent, G‘afur G‘o‘lom nashriyoti, 1988y.
• “Rodnya”(“Qarindosh”) romani, B.Reskov tarjimasi — Toshkent, G‘afur G‘o‘lom nashriyoti, 1989y.
• “Oriyat”(«Sovest i chest») romani – Toshkent, “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1990 y.
• «Suikasd» («Pokusheniye») romani — Toshkent, «Yozuvchi» nashriyoti, 1991 y.
• «Tergov» («Doznaniye») romani – Toshkent, “Sharq” nashriyoti, 2000 y.
• «Xayotabadvaslayyomidir»- («Jizn-eto prazdnichnыe vstrechi») romani -Toshkent, «Yangi asravlodi» nashriyoti,2004 y.
• «Tarkidunyo» («Otrekshiysya ot mira») roman-xronikasi – Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti, 2009 y.
• Ikki tomli tanlanma asarlar — Toshkent, G‘afur G‘o‘lom nashriyoti, 1982-1984y.
• «Chudesnыe minutы»(“Mo‘jizali onlar”) hikoyasiB.Parmuzintarjimasi – Toshkent, san’at adabiyoti, 1960 y.
• “Afsonagatengumr” («Jizn, poxojaya na legendu») hikoyasi – Toshkent “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2004 y.
• «Povest ob upryamoy devushke» (“Betga choparqiz hikoyasi”)hikoyasiG.Maryanovskiy tarjimasi – Toshkent “Yosh gvardiya” nashriyoti 1974 y.
• «Tuygakelinglar»(“Prixodite na svadbu”) hikoyalar to‘plami — Toshkent san’at adabiyoti, 1960 y.
• «Gulchexra» hikoyalarto‘plami – Toshkent, “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1962 y.
• «Ox, ushakuzlar!» («O, eti glaza!») hikoyalar to‘plami – Toshkent, G‘ofur G‘ulom nashriyoti, 2002 y.
• “Maktabdoshlarim”(«Moi shkolnыe druzya») she’rlar to‘plami –Toshkent, san’at adabiyoti nashriyoti, 1954 y.
• Danila Graninaning «Iskateli»(«Izlovchilar») romanini o‘zbekcha tarjimasi – Toshkent, san’at adabiyoti nashriyoti 1960 y.
• Abbat Prevoning «Istoriya kavalera de Griye i Manon Lesko» «Kavaler de Griyeva Manon Lesko kissasi»») romanini o‘zbekcha tarjimasi – Toshkent, «Vsemirnaya literatura», “Umumjahon adabiyoti” jurnali, 1999 y. NN 1-2
• Abbat Prevoning «Istoriya odnoy grechanki»(«Yunon kiziningkismati») romanini o‘zbekcha tarjimasi – Toshkent, «Vsemirnaya literatura», “Umumjahon adabiyoti” jurnali, 2007 y. NN 6-7.