ABDULLAXON TIMI

ABDULLAXON TIMI — Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Abdullaxon davrida kurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq opqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri — 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorugʻ tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalondagi mayda ravoklar ichida gumbaz tomli doʻkonlar boʻlgan. Bino pishiq gishtdan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqpi, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Oʻtmishda bu yerda shoyi, jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Abdullaxon timi Buxoro sh. dagi savdo rastalari, chorsu—toq binolari ichida eng kattasi va shaklu shamoyili jihatidan ancha murakkab va xushbichim hisoblanadi. Bir necha bor taʼmirlangan, savdo doʻkonlari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x