ABDULLAXON MADRASASI

ABDULLAXON MADRASASI — meʼmoriy yodgorlik. Buxorodagi Qoʻsh Madrasa ansamblining shim. qismida joylashgan. Meʼmori nomaʼlum, Abdullaxon qurdirgan (1588 — 90). Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki oshyonli hujralar oʻrab turadi. Har ikki to-monida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga oʻtiladi. Madrasaning katta peshtoqi jan. ga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan oʻtib, ikki yoqdagi katta xonalar — darsxona va masjidga kiriladi. Darvoza xotamkori uslubining noyob namunasi — girih shaklli mayda yogʻoch parchalaridan terilgan. Abdullaxon davri meʼmorligi yetuk namunasi boʻlgan bu Madrasa Buxoro meʼmorchiligining 16-a. da erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyish etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x