Tarjimai hol
Abdullaxo‘jayeva Malika Samatovna — Respublika patologanatomik markazi direktori, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professori hisoblanadi.
Malika Samatovna 28 noyabr 1932 yil Moskvada Sharq Xalqlari xalqaro universiteti talabalari oilasida tug‘ilgan. Toshkentdagi 110-o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1950 yil Toshkent davlat tibbiyot institutining (ToshDTI) davolash fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qish davrida davlat stipendiati, ilmiy jamoa talabalari raisi bo‘ldi.
Talabalik yillaridayoq Malika Samatovna patologik anatomiya qoshida (1953-1956 yillarda) ilmiy to‘garakda ilmiy faoliyatini boshlaydi. Uning birinchi ishi professor G.N.Trexova rahbarligida bolalarning o‘pka kasalligida orqa yadro vagusini gistokimyo bo‘yicha ishi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan faxriy yorliq taqdim etilgan.
So‘nggi yillarda Malika Samatovna Markaziy asab tizimini reaktiv va patologik jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha ishini davom ettirdi. 1956 yil ToshDTI a’lo baholarga tamomlagach, Malika Samatovna 1960 yil 27 dekabrda SSSR tibbiyot fanlari Akademiyasining bosh miya instituti aspiranturasiga o‘qishga kirdi.
SSSR Tibbiyot fanlar akademiyasi mediko-biologiya bo‘limida tibbiyot fanlar nomzodi dissertatsiyasini yoqladi va 1968 yil tibbiyot fanlari doktori bo‘ldi. 1961 yil Malika Samatovna Toshkent davlat tibbiyot instituti qoshida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasida Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasini tashkil etdi.
1969 yil Malika Samatovna patologik-anatomiya kafedrasida tanlov o‘tkazildi, 1970 yil professor unvoniga sazovor bo‘ladi va uning shogirdlari neyropatologiya va neyromorfologiya muammolari bo‘yicha dastur ishlab chiqishadi.
Professor M.S.Abdullaxo‘jayeva klinik immunopatologiya va eksperimental sohasi bo‘yicha tanilgan olima sanaladi. Uning yana bir yo‘nalish tadqiqoti va shogirdlari bilan — homiladorlikda patologik anatomiyani asoratlari va patogenezni o‘rganish bo‘lgan.
35 yil mobaynida Malika Samatovna tibbiyot institutining patologik anatomiya kafedrasi mudiri bo‘lgan vaqtida yuqori malakali shifokorlarni, tibbiyot sohasida oliy o‘quv yurti pedagoglari, tibbiyot fanlari doktorlarini tayyorlashda katta hissa qo‘shdi. 1990 yili Birinchi va Ikkinchi ToshDTI ajratilgandan so‘ng olima Ikkinchi ToshDTI patologik anatomiyasi kafedrasini 2000 yilgacha boshqardi.
M.S. Abdullaxo‘jayeva — muallifi, bundan tashqari chet tili talabalari va stomatologiya fakulteti talabalariga bir qancha uslubiy tavsiyalar, o‘quv-qo‘llanma muallifidir. 1997-1999 yillarda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida “Odamning patologik asoslari” 2-jildlik darsligini yaratdi. 1995 yil M.S.Abdullaxo‘jayeva O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 2000 yil haqiqiy a’zosi bo‘ldi. 1972 yildan-1997 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liq saqlash borasida bosh patologik anatomigi sifatida patologik anatomiyani rivojlanishida katta hissa qo‘shdi. Ilk marta patologik anatomiyasi internatura bo‘limi tashkil etildi, barcha davolash-profilaktik muassasalarida patologik-anatomiya bo‘limi ochildi.
Bugungi kunda uning tashabbusi bilan MDH mamalakatlarida yagona bo‘lgan Respublika patologanatomiya markazi tashkil etildi. Uning bazasida barcha tibbiyot mutaxassisliklari magistrlari ta’lim olishmoqda, shiforlik amaliyoti tajribasi o‘tkaziladi, bundan tashqari 5 ta bo‘lim: patogistologiya, bakteriologiya, virusologiya, sitologiya laboratoriyalari ishlab turibdi. RPM laboratoriyasi, elektron mikroskopiya, tibbiyot va molekulyar genetika, shuningdek, biotexnologiya hujayralari laboratoriyasi tashkil etildi.
ToshTI Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi mudiri (1960 — 62), O‘zbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tekshirish instituti patomorfologiya va gistoximiya laborotoriya mudiri (1963-69), ToshTI (1969-1990), 1990 yildan 2-ToshTI patologik anatomiya kafedrasi mudiri.
Abdullaxo‘jayevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bag‘ishlangan, O‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi yo‘nalish— transplantatsiya immunopatologiya asoschisi.
O‘zbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining (1997) muallifi. Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986 yildan).
M.S.Abdullaxo‘jayeva rahbarligida 2005 yil Human Herpes virusining 8-tipini va Epshteyn-Barr virusining rivojlanish turlarini o‘rganish bo‘yicha ish boshladi.
Akademik M.S. Abdullaxo‘jayeva — katta ilmiy-pedagogik va patologik anatomiya amaliyot maktabi asoschisi: uning rahbarligi qo‘l ostida 13 ta tibbiyot fan doktori, va 58 ta tibbiyot fanlari nomzodi yetishib chiqqan. Shogirdlari bugungi kunda O‘zbekistonning yirik tibbiyot markazlarida emas, balki bir qator Markaziy Osiyo regionlarida, shuningdek, Rossiya, Isroil, Hindiston, Yaman, Misr, Nepal, AQSH davlatlarida faoliyat yuritishadi.
M.S. Abdullaxo‘jayeva bir qancha davlat mukofotlariga ega: “Mehnat faxriysi” ordeni (1970), «Faxriy nishon» ordeni(1976), pochetnыm zvaniyem «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni (1980), «Mehnat Qahramoni» ordeni(1984), «Oliy ta’lim a’lochisi» (2000), «Mehnat shuhrati» (2003). 2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan M.S.Abdullaxo‘jayeva «O‘zbekiston Qahramoni» va “Oltin Yulduz” unvoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston qahramoni, akademik ayol Abdullaxo‘jayeva Malika Samatovna 26 iyun 2018 yilida vafot etdi