Tarjimai hol
Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918 yil 30 dekabr Turkiston shahri — 2001 yil 29 oktyabr Toshkent shahri) rangtasvir ustasi. O‘zbekiston xalq rassomi (1968), O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi fahriy a’zosi (1997).
Samarqand badiiy bilim yurtida (1931-1936) va Moskva badiiy insititutida (1938-1941) ta’lim olgan.
Ijodini manzara va portretlar bilan boshlagan (“Hovuz bo‘yida” (1932), “Yoz” (1937), “Do‘stim portreti” (1937)).
Kishilarning holat va kayfiyati, ma’naviy, yorqin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari bilan mashhur. “Abror Hidoyatov Otello rolida” (1946), “Mannon Uyg‘ur” (1946), “Jiyan Shahlo” (1959), “Komil Yashin” (1960), “O. Sodiqov” (1978) va shunindek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan (“Muallif portreti” (1937), “Muallifning qirg‘iz qalpoq kiygan portreti” (1980), “Muallifning kiyimidagi portreti (1984)) bir qator avtoportretlar ham yaratdi. Manzaralar (“Yomg‘irdan so‘ng” (1954), “Bahor keldi” (1955), “Xumsonda” (1961)) (“Olma” (1962), “Uzum va shaftoli”, “Qovun bilan xandalak” (80-yillar)) muallifi. 1957 yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu o‘lka manzaralari (“Tongda Tojmahal”), kishilari (I. Gandi, C.Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks etirilgan. 80-yilarda O‘zbekistoning mashhur kishilarning portretlarini ishladi.
Asarlari xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilingan. Navoiy portretini yaratish ustida izlanishlar mahsuli sifatida yuzaga kelgan asarlari Toshkentdagi Adabiyot muzeyida (1968), Andijon adabiyot va san’at (1969), O‘zbekiston san’at muzeyida (1980-1984) va boshqa joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan (1998).