Abdulla Nigmatovich Aripov


Post Views:
111

Abdulla Nigmatovich Aripov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari, 1961 yil 24 may sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Millati – o‘zbek, ma’lumoti – oliy, iqtisod fanlari nomzodi, «Do‘stlik» va «Mehnat shuhrati» ordenlari sohibi.

1983 yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

1983-1992 – Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis sifatida faoliyat yuritgan.

1992-1993 – O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis.

1993-1995 – «O‘zimpeksaloka» tashqi savdo firmasining direktor o‘rinbosari.

1995 yilda O‘zbekiston Aloqa vazirligining qurilish va ta’minot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

1995-1996 – «TashAfinalAL» QKning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shu yillar mobaynida, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish bo‘limi boshlig‘i sifatida ham faoliyat yuritgan.

1997 yilda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘limi boshlig‘i.

1997-2000 – Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish Davlat fondini direktori.

2000-2001 – O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori o‘rinbosari.

2001 yil 15 avgust oyidan Agentlik bosh direktori lavozimida ishlagan.

2002 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘ribosari – O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish bosh direktori etib tayinlangan.

2016 yil sentyabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Abdulla Aripov oilali, besh nafar qizi bor.

gov.uz va wikipedia.org

https://shosh.uz/uz/abdulla-nigmatovich-aripov-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x