ABDULAZIZXOʻJA MADRASASI

ABDULAZIZXOʻJA MADRASASI — Qarshidagi meʼmoriy yodgorlik (1909). Mahalliy meʼmoriy anʼanalarning soddalashtirilgan shaklida gʻisht, ganchdan qurilgan; chortoqtarhli (26×24 m), murabba hovlili (14* 14 m). Ikki qavatli darvozaxona — peshtoqning ikki yonida hujralar bor. Binoning ikki yon burchagida devorga tutashtirib ikki burj qurilgan. Qanotlarning birinchi qavatiga yuza, ikkinchi qavatiga eni keng ravoq ishlangan. Masjid va darsxonalar gumbaz tomli. Hovli balxi gumbazli hujralar bilan oʻralgan. Madrasa deyarli bezaksiz. Unda Qashqadaryo viloyati tarix-oʻlkashunoslik muzeyi joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x