Abdu Jalol

Tarjimai hol

Abdu Jalol (laqabi — Usta Jalil) 1798 yilda Qo‘qon xonligidagi Rishtonda kulolchilar oilasida tavallud topdi. XIX asr oxirida vafot etdi.

Abdu Jalol XIX asr Rishton tumanidagi mashhur kulol. Akasi Abdu Jamil (Usta Qo’ri) bilan Qoshg‘ar, Eronda maxsus loy-chinni yasash sirlarini o‘zlashtirib, Rishtonda qadimiy yo‘qolib borgan texnikani qayta tiklashdi. Bundan tashqari shogirdi Abdullo Kulol (Kali Abdullo) ga ham chinni yasash sirlarini o‘rgatishgan. Buyuk kulol -Usta oqsoqol Farg‘ona vodiysi barcha kulolchilari uchun ustozdir.

Tirik misol sifatida Qo‘qon xonligi Xudoyorxon buyrug‘i bilan barpo etilgan rishtonlik kulolchilar tomonidan barpo etilgan XIX asr — O‘rda saroyi hisoblanadi. Saroyning qurilishi 1863-1870 yillarda 16 ming ishchi yordamida bunyod etilgan. Saroyning fasad-ko‘rinishi aka-ukalar Abdu Jalol (Usto Jalil), Abdu Jamil (Usto Qo’ri) va Abdulla Kulol (Kali Abdullo) o‘zlarining shogirdlari bilan 1873 yilda yakunlashgan.

Yangi keramik bezak berish usuli yaratishda, rishtonlik kulolchilar nafaqat bezaklarni yaratish malakasini balki maxsus loy tayyorlash texnologiyasini ham kulolchilikka olib kirishgan. Asosan bu rangli g‘ishtlar turli ko‘rinishdagi: rombli, to‘rtburchak, yulduzchali ko‘rinishida. 10 tadan kalligrafik yozuvlar, oq g‘isht yordamida kufi yozuvi yurgazilishi o‘z go‘zalligi bilan judayam katta mashhurlikka erishgan.

Xudoyorxon aka-ukalar Abdu Jalol (Usto Jalil), Abdu Jamil (Usto Qo’ri) va Abdulla Kulol (Kali Abdullo) larning mehnatini yuqori baholab, nafaqat moddiy rag‘batlantirgan balki saroyning janubiy fasadiga kufiycha yozuvda: “Bu toshlarni Behzod ijodiga monand ijod namunalari bezatib turibdi”. Ushbu yozuvlardan ham ko‘rinib turibdiki rishtonlik kulollar Xudoyor xon bilan bir qatorda O‘rta Osiyo tarixiga yozildilar.

Abdu Jalol (Usta Jalil) ijod namunalari O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x