ABBOSOV Shuhrat Solihovich
(16 yanvar 1931, Qo‘qon- 25 aprel 2018, Toshkent)
O‘zbek rejissyori.
Mukofot va unvonlar
– O‘zbek SSR xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1965).
– O’zbek SSR xalq artisti (1974).
– SSSR xalq artisti (1982)
– Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).
– «El-yurt hurmati» ordeni (1998)
– «Shuhrat» medali (1994).
Ijodiy faoliyati
– Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1954) shu institutda professor
(1983 yil dan), kafedra mudiri (1991 yildan).
– M. Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyo‘l sh.) bosh rejissyori. (1954-56). «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Nurxon» (K. Yashin),
«Og‘riq tishlar» (A. Qahhor) kabi p’esalarni sahnalashtirgan. 1958—91 yillar
– «O‘zbekfilm»da rejissyor (1982—86 yillarda direktor).
– 1996 yildan O‘zbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini.
Kinofilmlar
* «Mahallada duv-duv gap» kinokomediyasi (1960) ilk yutug‘i bo‘ldi.
* 2-jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi «Sen yetim emassan» (1963; Xalqaro kinofestival’ mukofoti, Frankfurt-Mayn, 1963),
* Odob-axloq haqidagi «Qalbingda quyosh» (1965) filmlari rejissyor ijodida alohida o‘rin tutadi.
* «Toshkent — non shahri» (1967; kinofestival sovrindori, Olmaota, 1973),
* «Sevgi mojarosi» (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan
eng yaxshi kinorejissor sifatida tanildi.
Tarixiy-biografik mavzuda
– «Abu Rayhon Beruniy» (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975, Xalqaro kinofestivalning «Oltin Delfin» sovrindori,
Tehron, 1977),
– «Olovli yo‘llar» (Hamza hayotiga bag‘ishlangan 17 qismli telefilm, 1975—84),
– urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi «Katta urushdagi kichik odam» (1989)
filmlari ham mashhur.
Mustaqillik Abbasov ijodida burilish yasadi. 14 qismli «Kamolot cho‘qqisi sari» hujjatli (1995)
va 2 qismli «Otamdan qolgan dalalar» badiiy (ssenariysini M. To‘ychiev bilan hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni
yaratdi.