ABBOS BURNI — Orol dengizining jan. qirgʻogʻidagi burun. Gʻarbda Toldiq qoʻltigʻi, shim. va sharqda ochiq dengiz bilan oʻralgan edi. Abbos burni aslida Amudaryoning Koʻnadaryo tarmogʻi loyqalaridan vujudga kelgan. Yer yuzasi pasttekislik. Qirgʻoqlari qumloq, qamishzor boʻlgan. 1961-y. dan Orol d-zi suvi sathi pasayib ketishi tufayli, geografik joy sifatida tabiiy xususiyatini (mavqeini) yoʻqotdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые