ABADIY MUZLOQ YER (koʻp yillik muzloq yer, doimiy muzloq yer, mangu tung yer) — Yer yuzasidan maʼlum chuqurda joylashgan va uzoq vaqt (2 yildan bir necha ming yillargacha) muttasil muzlab yotadigan (t-rasi 0° dan past boʻlgan) togʻ jinslari. Odatda Yer yuzining shim. va jan. sovuq oʻlkalarida hamda baland togʻlarda uchraydi. Yevrosiyoda Abadiy muzloq yer mayd. 10 mln. km2 dan ziyod. Yillik oʻrtacha t-rasi 0° dan past boʻlgan oʻlkalarda keyingi davrlarda ham Abadiy muzloq yerlar vujudga kelayotgani xaqida maʼlumotlar bor. Ab. m. ye. ning yuza yupqa qatlami yoz vaqtida bir oz eriydi. Abadiy muzloq yer Tuproq jarayoniga, oʻsimliklarga, hayvonot dunyosiga taʼsir etadi. Abadiy muzloq yer qurilish ishlarini qiyinlashtiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые