ABADIY HAQIQAT

ABADIY HAQIQAT — bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib boʻlmasligini bildiruvchi termin. Bu jihatdan Abadiy haqiqat mutlaq haqiqatga oʻxshashdir. Inson bilish jarayonida koʻpincha nisbiy haqiqatlar b-n ish koʻradi, bu nisbiy haqiqatlarda esa mutlaq haqiqatlarning boʻlaklari mavjud boʻladi (yana q. Haqiqat). Diniy qarash boʻyicha, diniy arkonlar Abadiy haqiqat dir. Chunonchi, islomga koʻra, unda eʼtirof etilgan aqidalar — Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, paygʻambarlarga, oxiratga, taqdirning ilohiyligiga va inson oʻlganidan keyin qayta tirilishiga ishonish Abadiy haqiqat hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x