AʼZAMOV Yoʻldosh (1909.10.5 — Toshkent — 1985.16.6) — aktyor va kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Oʻzbekiston xalq artisti (1970). «Sovkino», «Vostokkino», «Oʻzbekfilm»larda ishlagan. U aktyor sifatida Yu. Rayzmanning «Yer chanqogʻi» (1930), N. Gʻaniyevning «Yuksalish» (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan. «Tohir va Zuhra» (1945) badiiy filmiga ikkinchi rej. boʻldi. Urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar («Xalq qizlari», «Toshkent MESi» va b.) ishladi. Birinchi m-staqil badiiy filmi «Qilich» (1934). Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida rej. sifatida bir qancha pyesalarni sahnalashtirgan. Aʼzamov kinorejissyor sifatida «Gulbahor» (1956). «Maftuningman» (1958), «Furqat» (1959), «Istiqbol yoʻli» (1961), «Oydin sahifa» (1965), «Sayyod qoʻngʻirogʻi» (1966), «Oʻtgan kunlar» (1969), «Olovli soʻqmoqlar» (1971), «Mehrobdan chayon» («Zulmatni tark etib…», 1973), «Odamlar tashvishida» (1976), «Ota nasihati» (1979), «Katta va qisqa hayot» (1981), «Parol, «Regina» mehmonxonasi» (3. Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va b. filmlarni yaratdi. Aʼzamov ijodida oʻzbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda koʻrsatishga intilish koʻproq seziladi. Aktyorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon xarakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rej. ijodiga xos. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1972).
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии