MUHAMMAD VORIS (17-a.) – tarixchi va adib. Avrangzeb davrida yashagan. Muhammad Voris «Shoh Jahonnoma» («ShohJahon davri tarixi») va «Zubdat ul-hikoyot» («Hikoyalar sarasi») nomli fors tilida yozilgan asarlar muallifi. «Zubdat ul-hikoyot» bir necha tarixiy asarlar («Tarixi Tabariy», Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob», «Boburnoma», Abulfazl Allomiyning «Tarixi Akbarshohiy» va b.) asosida yozilgan boʻlib, undagi hikoyalarning koʻpchiligi Avrangzebga bagʻishlangan. «Zubdat ulhikoyot»ni Ogahiy oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Bu asar Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые