QOSIMOV

QOSIMOV Sulaymon (1909.6.1, Sariosiyo tumani — 1976.28.8, Fargona) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1944). 1930-y. Margʻilondagi «Qizil sanʼat» toʻgaragini boshlovchilaridan (bu toʻgarak keyinchalik 1931-y. Margʻilon shahar teatriga aylangan). Bu teatrda Temurxoʻja («Loyqalar»), Eshon («Hujum»), Meli («Oʻrtoqlar»), Raim yamoqchi («Halima»), Kalaf («Malikai Turandot») kabi obrazlar yaratgan. Qoʻqon teatrida (1933 — 34), Fargʻona teatrida (1934—65) akter, rej., bosh rej., direktor, Fargʻona viloyat sanʼat boshqarmasi boshligi (1943—48). Hokim («Boy ila xizmatchi»), Flarendo («Ikki boyga bir malay»), SulaymonArshin mol olon»), Berest («Platon Krechet»), Rustam kabi rollari bilan tanilgan. «Layli va Majnun». «Shohsanam», «Nodira», «Oʻlim bosqipchilarga». «Uygʻonish» va b. spektakllarni sahnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x