LIVAN TOGʻLARI

LIVAN TOGʻLARI (arab. – Jabal Libnon) — Gʻarbiy Osiyodagi togʻ tizmasi, Livan hududida. Oʻrta dengiz sohili boʻylab 170 km masofaga choʻzilgan. Eni 45 km gacha. Eng baland joyi 3088 m (Karnot as-Sauda choʻqqisi). Sharkda Bekaa botigʻi bilan chegaralangan. Asosan, ohaktosh va qumtoshlardan iborat. Yon bagʻirlari tik, butalar bilan qoplangan. Baʼzida oʻrmonlar uchraydi. Yillik yogʻin 1000—3000 mm. Ohaktoshdan tuzilgan joylarida karst rivojlangan. Dovonlari 1500 m cha balandlikda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x