MUHAMMAD DARVISH SAMARQANDIY (16-a. oxiri — 17-a. boshi) — musavvir va xattot. Asarlarida Oʻrta Osiyo miniatyura maktabiga xos xususiyatlar oʻz ifodasini topgan. Uning «Dostoni zebu zevar» qoʻlyozmasiga ishlagan toʻrt rasmi (1618, Britaniya muzeyida), Saʼdiyning «Boʻston» asari qoʻlyozmasiga ishlagan miniatyuralari (1570, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) va yozgan qitʼasi (Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) bizgacha yetib kelgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые