QON YARATILISHI STIMULYATORLARI

QON YARATILISHI STIMULYATORLARIqon yaratilishini kuchaytiruvchi dori moddalari guruhi. Qon yaratilishi stimulyatorlarining kimyoviy tarkibi va taʼsir mexanizmi turlicha boʻlib, eritrotsitlar (eritropoez) yoki leykotsitlar yaratilishi (leykopoez) ni kuchaytiradi.

Baʼzi vitaminlar — folat kislotasi, sianokobalamin, piridoksin, nuklein k-talari sintezini tezlashtiruvchi — pentoksil, metilurapil. natriy nukleinat va leykogen; stero-id gormonlar — glyukokortikoidlar, androgen preparatlar, litiy tuzlari Qon yaratilishi stimulyatorlari hisoblanadi.

Buyrakda ishlab chiqariladigan eritropoetin gormoni qizil qon tanachalari yaratilishini, shuningdek, leykopoetin leykotsitlar hosil boʻlishini, trombopoetin moddasi trombotsitlar yaratilishini faollashtiradi. Hoz. chuqur leykopeniya va trombotsitopeniya holatlarini davolash uchun G-KSF (granulotsitar koloniya stimullovchi faktor) — neypogen, GM-KSF (granulotsitmonotsitar koloniya stimullovchi faktor) deb atalgan preparatlar qoʻllanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x