QIRQMA — xalq seleksiyasida chiqarilgan kechpishar qovun navi. Shakli ellipssimon, yirik, uchi toʻmtoq, uz. 30— 36 sm, ogʻirligi 4—6 kg. Dum tomoni sal burishgan, uch qismi deyarli tekis. Toʻri toʻliq, yirik, nozik. Tusi jigarrangsariq. Ustidagi gullari ingichka. Poʻsti qattiq, eti och yashil, qalinligi 4,5—5 sm, oʻrtacha tolali, sersuv, shirin. Uzish vaqtida tarkibida 7,4% qand (shu jumladan, saxa-roza 3,9%), 8,7% quruq modda bor. Saqlanish davrida shirasi ortadi. Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda, urugʻi yirik. Urugʻi unib chiqqandan keyin hosili 100—110 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 240—280 s/ga. Uzoq vaqt asrash va tashishga chidamli. Toshkent viloyatida keng tarqalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые