LAMPROFIRLAR

LAMPROFIRLAR (yun. lampros — yaltiroq va porfir) — tomirli magmatik togʻ jinsi. Gipabissal, toʻq rangli (melanokratli) va hosil boʻlish geologik sharoitlari boʻyicha bir-biriga yaqin boʻlgan tomirli magmatik jinslarning alohida guruhiga kiradi. Qolgan intruziv togʻ jinslaridan kimyoviy va mineral tarkibining oʻziga xosligi, ulardan tashkil topgan tanalar strukturaoi va morfologiyasi bilan farqlanadi. Tarkibi ishqorli va ohak-natriyli dala shpatlari, toʻqrang slyuda, shoh aldamchisi, amfibol, piroksen, magnetit, pirit va apatit minerallaridan tashkil topgan. Strukturasi mayda donador, zich yoki porfirsimon. Rangi toʻq kulrang, qoragacha. Lamprofirlarning porfirli xillarida, odatda, rangli minerallar porfirli struktura hosil qilib, porfirni ajralib chiqishi kuzatiladi. Ohak-ishqorli Lamprofirlar spessartit, kersantit va ishqorli Lamprofirlar esa kamptonit, alneit va b. tog jinslarini hosil qiladilar. Ayrim holda Lamprofirlarning asta-sekin porfiritlarga utishi kuzatiladi.

Slyudaga boy boʻlishiga kura, yaltiroq, diabazeimon jinslar uchun Lamprofirlar termini Gyumbel tomonidan 1879-y. da kiritilgan. Keyinroq Lamprofirlarga barcha tuk, rangli (melanokratli) tomirli jinslar kiritilgan. L. Oʻzbekistonning Chatqol-Qurama, Hisor, Zirabuloq-Ziyovuddin togʻlarida keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x