LAMAIZM (tibetcha lama soʻzidan) — buddizmning asosiy yoʻnalishlaridan biri. 8-a. da Tibetda paydo boʻlgan. Tibet, Ichki Mongoliya (Xitoy)ning alohida joylarida va Mongoliyada hamda Nepal va Hindistonning ayrim yerlarida, Buryatiya, Qalmogʻiston va Tuvada tarqalgan. Lamaizm buddizmning barcha aqidalarini qabul qilgan. Lamaizm taʼlimotiga kura, inson faqat lamalar yordamida najot topadi (gunohlardan poklanadi). Lamaizmda lamalarga va mahalliy hokimlarga soʻzsiz boʻysunish asosiy fazilat hisoblanadi. Lamaizmning anʼanaviy, qonunlashgan asosiy muqaddas kitoblari — Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli)da bayon etilgan. Lamaizm bir qancha mayda oqimlarga boʻlinib ketgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые