QIZIRIQDARA CHOʻLI

QIZIRIQDARA CHOʻLISurxondaryo viloyatining jan.-gʻarbiy qismida joylashgan yassi tekislik. SurxonSherobod vodiysida. Jan. da Sherobod choʻli bilan tutash. Zamini 25 m chuqurlikkacha qumloq, uning tagida gil va qum aralashmasidan iborat qatlam yotadi. Sizot suvlari shim. da 40 m, jan. da 5 m chuqurlikda joylashgan, kimyoviy tarkibiga koʻra, sulfat-xlorid — natriyli yoki magniyli. Minerallashish darajasi markaziy qismida 1 l suvda 5—10 g, gʻarbi va sharqida 10—25 g. Q. ch. da, asosan, oʻrta va kuchli darajada shoʻrlangan taqirsimon tuproqlar tarqalgan. Choʻlda efemeroid va shoʻradoshlar, shoʻrlangan yerlarda seta koʻproq uchraydi. Dasht yaylov sifatida foydalaniladi. Qiziriqdara choʻli sugʻorish uchun ancha qulay.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x