ALYUMINIYLI ACHCHIQTOSHLAR — alyuminiy sulfatning ishqoriy metall sulfatlari bilan hosil qilgan qoʻsh tuzlari. Alyuminiyli achchiqtoshlarning formulasi (MeAlSO4)212H2O (bu yerda MeK, Na, Li, Cs va h. k.). Ular kub singoniyada kristallanadi, rangsiz, suvda yaxshi eriydi. Alyuminiyli achchiqtoshlar teri oshlashda, gazlamalarni boʻyashda xurush sifatida ishlatiladi, tibbiyotda ham qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые