BOZORSHAB

BOZORSHAB, bozori shab (toj. — kechki bozor) — oʻtmishda Turkistonning yirik shaharlaridagi tungi bozor. Odatda koʻproq bayram va roʻza kunlari uyushtirilib, ommaviy koʻngil ochish kechalari bilan qoʻshib oʻtkazilgan. Bozorshabda shaharning markaziy koʻchalaridan biri yoki maydon bezatilgan, koʻchaning ikki chetidagi choyxona va doʻkonlar oldiga chorpoyalar qoʻyilib, har xil shirinlikqandolat, mevacheva, oziqovqat sotilgan. Karnay, surnay va nogʻoralar chalinib, maxsus jarchilar odamlarni Bozorshabga chorlagan. Dorlar qurilib, masxarabozlar, qoʻgʻirchoqbozlar oʻyin koʻrsatgan, oʻrgatilgan hayvonlar, ayniqsa, ayiqoʻyini namoyish qilingan, polvonlar kurashgan. Choyxonalarda sozanda, xonanda, askiyachi, qiziqchi, raqqoslar oʻz sanʼatlarini namoyish qilganlar. Bozorshab har joyning urfodatiga qarab turli shaharlarda turlicha oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish munosabati b-n ayrim joylardagi bozorlarda Bozorshabga oʻxshash tadbirlar oʻtkazish rasm boʻlmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x