BOZOR INFRATUZILMASI — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar: birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi; kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari; kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari; aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari); axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari; soliq tizimi va soliq inspeksiyalari; tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari; maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari; savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma) lari; bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari; konsalting (maslahat) kompaniyalari; ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari; maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va b. B. i. ishlab chiqaruvchilar b-n isteʼmolchilar, yaʼni xaridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldisotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisobkitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va b. da yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые